Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar musiqa kolonkalari orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lingan 18 kilogrammdan ortiq mefedronni aniqladi.
Sud 2023-yil oxirida Toshkentda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” reydlari doirasida ushlangan yana ikki shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Alibek Fayziyev 12 yilga va Olimjon Amonov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topildi.
Surxondaryo viloyatida o‘zbek-tojik chegarasining Sariosiyo tumani hududidan o‘tgan qismida 4 dona ryukzakda jami 89 kg 699 gr giyohvandlik vositalari topildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Giyohvand moddalarning egalari qidirilmoqda.
Rossiyaning Saransk shahrida giyohvand modda savdosida gumonlangan 55 yoshli o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. U ko‘p yillar avval O‘zbekiston ichki ishlar organlarida ishlagan va 2005-yilda ishdan bo‘shaganidan so‘ng oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.
Termizdagi “Ayritom” chegara bojxona postida Afg‘onistondan kirib kelgan yuk poyezdining ostida 2,14 kg opiy yashirilgani aniqlandi.
DXX Surxondaryo viloyatida 9,3 kg narkotik moddaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.
DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.
Urgut tumanida DXX xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan Tojikistondan olib kelingan jami 8,3 kg opiy musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting